2024-yili eksport hajmi 27 mlrd dollarni tashkil etdi

2024-yili eksport hajmi 27 mlrd dollarni tashkil etdi

12.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

import eksport

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2024-yil yakunlari ijrosi yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov taqdim etgan axborotga ko‘ra, 2024-yil yakunida yalpi ichki mahsulotning o‘sishi o‘tgan yilga nisbatan 6,5 foizni tashkil qilgan.

“Davlat byudjeti daromadlari 274,4 trillion so‘mga yetib, 18,4 foizga ko‘paydi. Yillik inflyatsiya darajasi 9,8 foizni tashkil etdi”, dedi Qo‘chqorov.

Xorijiy investitsiyalar hajmi avvalgi yilga nisbatan qariyb 1,6 foizga ko‘paygan. Eksport ilk bor 27 milliard dollarga yetgan. Tog‘-kon, neft-gaz, kimyo, qishloq xo‘jaligi sohalarida investitsiyalar hajmi ikki barobar ko‘paygan.

Taʼlim tizimini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 76 foiz bolalar maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan. 115 ta nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkiloti tashkil etilgan. Oliy taʼlim muassasalarida 91 ta talabalar turar joylarini barpo etish loyihasi amalga oshirilgan.

Aholini tibbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 40 yoshdan oshgan 10 milliondan ortiq aholi hamda 8 mln 162 ming nafar bolalar ommaviy skrining tekshiruvidan o‘tkazilgan. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash maqsadida 197,7 ming nafar xotin-qizga 3,3 trln so‘m kredit ajratilgan, 548,8 ming nafarining bandligi taʼminlangan.