Samarqand viloyatida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi

Samarqand viloyatida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi

12.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

NLTasjxEYKDB5KHuWmKC3E5PvYUDsG5b

foto:ijtimoiy tarmoqlar

11 fevral kuni Samarqand viloyati hududida yo‘lovchi avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Avtobus temiryo‘l ko‘prigida bordyurga urilib, yonboshlab qolgan. Vafot etganlar bo‘lishi mumkin

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda avtobusni ko‘tarish uchun texnikalar harakatlanayotgani ko‘rinadi.

Hodisaga avtobus haydovchisi sirpanchiq yo‘lda boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. 

Ichki ishlar vazirligi YHXXning Kun.uz' portaliga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Tergovning yakuniy xulosasiga ko‘ra jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, – deyiladi rasmiy axborotda.

IIV mas’uli jabrlanganlar yoki qurbonlar haqida ma’lumot bermagan