Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvvatlash maqsadida jamg‘arma tashkil etiladi

Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvvatlash maqsadida jamg‘arma tashkil etiladi

12.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

tadqiqot,laboratoriya

foto:uza.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida alohida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. 

Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasida alohida ochilgan hisobraqamlarda jamlanadi va Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi. 

Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi: 

  • O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 25 million AQSH dollari miqdoridagi bir martalik beg‘araz to‘lovi; 
  • xalqaro, xorijiy va mahalliy tashkilotlarning grantlari va homiylik mablag‘lari; 
  • Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar; 
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi: 

  • Muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish; 
  • tahliliy materiallarni tayyorlash va tadqiqotlarni o‘tkazish uchun grantlar ajratish; 
  • ekspertlik, tadqiqotga oid va boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi mahalliy va xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar xizmat haqi uchun to‘lovlarni amalga oshirish; 
  • tahlil va tadqiqot yo‘nalishida tuzilgan vaqtinchalik loyiha guruhlari faoliyatini moliyalashtirish; 
  • ijtimoiy so‘rovlar va jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish; 
  • tahlilchilar va mutaxassislarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish;
  • nashrlar, adabiyotlar, ma’lumotlar bazalari va tadqiqotlar natijalarini tayyorlash va xarid qilish hamda ularga obuna bo‘lish; 
  • ilmiy-tadqiqot sohasidagi konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish hamda ularning ishida ishtirok etish xarajatlarinish; 
  • Muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa xarajatlarni qoplash.

Jamg‘arma mablag‘lari maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.