Komil Allamjonovga nisbatan suiqasd ishi boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi

Komil Allamjonovga nisbatan suiqasd ishi boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi

12.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida fuqaro Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd bilan bogʻliq jinoyat ishi doirasida 10 nafar shaxsga nisbatan sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidovga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

24550e46d1cb87972d7429457fd2dccf0212 (1)

Foto: xs.uz

Maʼlum qilinishicha, sud muhokamalari davomida ayblanuvchilarning qilmishlari, ularga nisbatan taqdim etilgan dalillar va ayblov xulosalari batafsil koʻrib chiqilgan.

Sud hukmiga koʻra, jinoyatni sodir etgan asosiy shaxslardan biri Shuhrat Rasulov 23-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, Javlan Yunusovga 18-yil 6 oy, Shoxrux Axmedovga 23-yil, Ismoil Jahongirovga 23-yil va Doniyor Tashxodjayevga 7-yillik qamoq jazosi tayinlandi.

Qolgan 5 nafar ayblanuvchilarga ham qilmishiga mutanosib ravishda turli muddatlarda ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangani maʼlum qilindi. Sud jarayoni davomida barcha ayblanuvchilarning ishtiroki taʼminlanib, ularning himoya huquqlariga amal qilingani qayd etildi.

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidovning maʼlum qilishicha, mazkur jinoyat ishi yuzasidan barcha tergov va sud jarayonlari qonunchilik talablariga muvofiq holda olib borilgan. Hukm qonuniy kuchga kirganidan soʻng ayblangan shaxslarga nisbatan jazo choralari toʻliq amalga oshiriladi.

Qayd etish kerakki, oʻtgan yilning kuzida Qibray tumanida Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga nisbatan qotillikka suiqasd qilish bilan bogʻliq jinoyat ishi sodir etilgandi.