Yoʻldan oʻtayotgan piyodani urib, qochib ketgan “Gentra” haydovchisi qo‘lga olindi

Yoʻldan oʻtayotgan piyodani urib, qochib ketgan “Gentra” haydovchisi qo‘lga olindi

13.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida qora “Gentra”lar avtomobillarni vaqtincha saqlash maydonchasiga toʻplanayotgani aks etgan videolar tarqaldi. 

235840e83213786220cbdacaa79ac1950213

Foto: xs.uz

Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabariga koʻra, Namangan shahar, A.Temur koʻchasida 11-fevral kuni soat 06:40 larda “Gentra” mashinasida 1997-yilda tugʻilgan fuqaro yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yuborgan va hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, piyoda olgan tan jarohati sababli voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi (Odam oʻlimiga sabab boʻlgan xavf ostida qoldirish) va 266-moddasi 2-qismi (Odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.