Xarbin-2025: Sportchilarimiz ishtiroklarini yakunlashdi

Xarbin-2025: Sportchilarimiz ishtiroklarini yakunlashdi

13.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun Xarbin-2025 qishki Osiyo oʻyinlari nihoyasiga yetdi.

photo_2025-02-13_16-13-08

Bugun figurali uchish boʻyicha sportchilarimiz Niginabonu Jamoliddinova hamda Sevinch Rahimova muzga chiqishdi. Yakunda Jamoliddinova 17, Rahimova esa 22-pogʻonani egallashdi.

photo_2025-02-13_16-13-11

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston delegatsiyasi 26 yillik tanaffusdan keyin qishki Osiyo oʻyinlarining oltin medaliga sazovor boʻlgan edi. Figurali uchish boʻyicha terma jamoamiz a’zolari Dmitriy Chigiryev hamda Yekaterina Geynish juftligi 176.43 ball jamgʻarib, musobaqada eng yaxshi natijaga erishdilar va qishki Osiyo oʻyinlari chempioniga aylanishdi.