Andijonda xotinini pichoqlab oʻldirgan erkak qoʻlga olindi

Andijonda xotinini pichoqlab oʻldirgan erkak qoʻlga olindi

13.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘ini o‘ldirganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

драка_1200

Foto: Illustrativ (internet)

Andijon viloyati Prokuraturasi tomonidan aniqlanishicha, joriy yil 5 fevral kuni fuqaro S.M. sha’riy nikohidagi turmush o‘rtog‘i J.M. bilan o‘zaro janjal oqibatida S.M. xo‘jalik pichog‘i bilan J.M.ni qasddan o‘ldirgan. 

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani prokuraturasi tomonidan S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va S.M. prosessual tartibda ushlanib, "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

"Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov xarakatlari alohida nazoratga olingan, tergov xarakatlari davomida ishga oid barcha holatlar tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi", deyiladi Andijon viloyati Prokuraturasi xabarida.