Navoiyda isteʼmolchilardan asossiz olingan 200 mln soʻm qayta hisoblanadi

Navoiyda isteʼmolchilardan asossiz olingan 200 mln soʻm qayta hisoblanadi

14.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Raqobat qoʻmitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijasida “Elkimyo-suvtaʼminot” MCHJ tomonidan isteʼmolchilardan ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uchun noqonuniy ravishda 200 million soʻmdan ortiq mablagʻ undirilgani aniqlangan. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

d11fbc41f6100e27f4cd2d0e2273b0bb0213

Foto: xs.uz

Qayd etilishicha, tartibga koʻra, tabiiy monopoliya subyektlari oʻz xizmatlariga belgilangan tariflarning oʻzgarishi haqida kamida 15 kun oldin ommaviy axborot vositalari va rasmiy veb-saytlari orqali aholiga maʼlum qilishi lozim. Biroq, mazkur korxona bunga rioya qilmagan.

Aniqlangan qonunbuzarliklar asosida Raqobat qoʻmitasi hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Elkimyo-suvtaʼminot” MCHJga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, unga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllash boʻyicha qaror qabul qilindi.

Bundan tashqari, isteʼmolchilardan ortiqcha undirilgan 200 million soʻm qayta hisob-kitob qilinishi boʻyicha koʻrsatma berilgan.