Samarqandda YTH tufayli yuk mashinasi kanalga tushib ketdi

Samarqandda YTH tufayli yuk mashinasi kanalga tushib ketdi

14.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Samarqand shahrida ikkita yuk mashinasi toʻqnashib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.

719a953a64abe91e1356bfb3aa3cde060214

Foto: Samarqand YHXB

Maʼlum qilinishicha, kecha, 13-fevral kuni soat 14:05 lar atrofida Samarqand shahar Shohi Zinda koʻchasi boʻylab bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan “Kia Bongo” rusumli transport vositasi “Single Cabin Truck Shineray T30” rusumli transport vositasining orqa qismidan borib urilgan. Toʻqnashuv oqibatida transport vositalaridan biri yoʻlning oʻng tarafidagi kanalga tushib ketgan.

Hodisa oqibatida ikkala transport vositasi haydovchilari ham tan jarohati olib, shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Xabarga koʻra, hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.