Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

15.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

photo_2025-02-14_19-02-56


Buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542-yilligi munosabati bilan Italiyada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekistonning ushbu davlatdagi elchixonasi hamda Rim shahridagi “Sandro Teti Editore” nashriyot uyi tomonidan “Boburnoma” asarining italyan tilidagi tarjimasi taqdimotlari o‘tkazilmoqda. 
 
 Tarjima mazkur nashriyot tarafidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘zboshisi bilan ko‘p nusxada chop etilgan.