Yozyovon tumanida tarkibida giyohvand moddasi mavjud bo‘lgan dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida tarkibida giyohvand moddasi mavjud bo‘lgan dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi

17.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yozyovon tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.Q. Farg‘ona shahri, “Dehqon bozori” MCHJ avtoturargohida fuqaro M.X.ga kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 277 dona “TAWON LIAR” nomli tarkibida giyohvand moddasi mavjud bo‘lgan dori vositalarini 1,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida jami 321 dona vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

c990e9c1286950a38ecbbca0c79105840215

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.