Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

17.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.B.” MCHJga qarashli klinika rahbari S.X. (muqaddam sudlangan) tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 194,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

photo_2025-02-15_13-04-32

Shu kabi, Departamentning Namangan shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda fuqaro T.A. “Dambog‘” MFY hududidagi novvoyxonasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 176,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Xo‘jaobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro N.Ya. “Mustaqillik” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 100,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.