Toshkent koʻchalarida “Tashvish tugma”larini oʻrnatish boshlandi

Toshkent koʻchalarida “Tashvish tugma”larini oʻrnatish boshlandi

18.02.2025 00:00 O'zbekiston 6

Toshkentning Chilonzor tumanida “Tashvish tugma”larini oʻrnatish jarayoni boshlandi. Bu haqda poytaxtning Ichki ishlar boshqarmasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

34a90443b226f6ab3ff820d5cf7d5c5e0218

Unga koʻra, bu prezidentning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori doirasida amalga oshirilmoqda.

Chilonzor tumani Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va Milliy gvardiya hamkorlikda Chilonzor tumanidagi qizil toifadan oʻrin olgan 6 ta mahallani jinoyatchilikdan holi qilish maqsadida barcha sektor rahbarlari ishtirokida yoʻl xaritasi tasdiqlangan.

Xaritaga asosan, xavfsiz koʻcha va xavfsiz hudud tamoyili asosida har bir koʻp qavatli uy atrofiga kuzatuv kameralari hamda shubhali holat yuzaga kelganda ichki ishlar organi va Milliy gvardiya xodimlariga oʻz vaqtida xabar yetkazish uchun “Tashvish tugma”lari oʻrnatildi.

Tugma biror noxush hodisa yuz beradiganda huquq-tartibot organi xodimlarini tezda chaqirishga yordam beradi. Ular voqea joyiga 4−6 daqiqa ichida yetib keladi.