Qamchiq dovonida qor koʻchkisi yuz berdi

Qamchiq dovonida qor koʻchkisi yuz berdi

19.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Qamchiq dovonida qor koʻchkisi yuz berdi. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

7e210942969208b113d0d9d097717eac

Foto: yuz.uz

Qamchiq qor koʻchki stansiyasi maʼlumotiga koʻra, kecha, 18-fevral kuni (soat 11:00-17:00 oraligʻida) Qamchiq dovoni hududida gʻarbiy ekspozitsiyadagi eski qor qoplamidan hajmi 154 m3 boʻlgan (taxminan Toshkent metrosidagi bitta vagonning ichki hajmiga teng) qor koʻchkisi tushgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech qanday talafot qayd etilmagan va hech kim jabrlanmagan.

Voqea sodir boʻlgan vaqtda qoyalarda tuman boʻlgani sababli, oʻrganish ishlari bugun, 19-fevral kuni olib borilgan.