Estoniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Estoniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

19.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Estoniyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yaap Ora Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

37e9f9044ddb804c3c98ad67482cb8cb0219

Unga koʻra, uchrashuvda Oʻzbekiston va Estoniya oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasini muhokama qilingan. Shuningdek, ikki mamlakatning iqtisodiy diplomatiya, axborot texnologiyalari, xalqlar oʻrtasidagi aloqalar, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorligini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

“Janob Elchiga mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida omad tilaymiz”, deb yozadi TIV rahbari.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ispaniya va Kanadaning Oʻzbekistondagi yangi elchilari tayinlangani, Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov diplomatlardan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgani haqida xabar berilgan edi.