Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

20.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Bugun, 20-fevral kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinch yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

lO28m5qdEJjr6f3F72XzSBZMuDiiBL

Foto: Senat.uz

Unda Senat, hukumat  a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalliy Kengashlarning deputatlar Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

QhwuWmShcDrxARlKvN19K7x8LVVKii

Foto: Senat.uz

Yalpi majlisda “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kredit sohasidagi munosabatlarni yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Mazkur Qonun bilan jismoniy shaxslar bilan kredit bitimlarini tuzishga taqiq belgilash va uni olib tashlashga bo‘lgan huquqlar, ularni Kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritishning tartibi va shartlari, shuningdek, kredit axborotidan foydalanuvchilarning belgilangan taqiqni buzgan holda kredit bitimi tuzganligi uchun javobgarlik belgilanilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

RXYi9C2HgKTC46ufeM5jwOdsYyxzT4

Foto: Senat.uz

Qonunda firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning xabarisiz kredit mablag‘larini ularning nomiga rasmiylashtirish va mazkur kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlarining oldini olishga qaratilgan mexanizmini yaratishga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish nazarda tutilgan.

Shuningdek, Qonunda fuqaroning kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestrida mavjudligi yoki mavjud emasligi, taqiqlash (taqiqni bekor qilish) to‘g‘risidagi arizaning holati haqida axborot olish hamda berishda kredit byurolariga nisbatan huquq va majburiyatlar, ularga nisbatan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar ham aks ettirilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi fuqarolar ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimini rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida kredit byurosiga ariza kiritish orqali fuqaro bilan kredit bitimini tuzishni taqiqlash imkonini beradi.

Muhokamadan so‘ng mazkur Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.