Samarqand viloyatida tabiiy obyektlarga 105 milliard 521 million soʻm zarar yetkazilgan

Samarqand viloyatida tabiiy obyektlarga 105 milliard 521 million soʻm zarar yetkazilgan

20.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Samarqand viloyati hududidan oqib oʻtuvchi Zarafshon daryosi oʻzanidan qum-shagʻal qazib olishga moratoriy joriy etilganiga qaramay, hamon noqonuniy xatti-harakatlar uchrab turibdi. Buning oldini olish maqsadida oxirgi olti oy davomida oʻtkazilgan nazorat reyd tadbirlarida 8 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

687946d442a3b058333ca8afc0e766200220

Foto: xs.uz

Qayd etilishicha, viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, keyingi 6 oyda Zarafshon daryosi oʻzanidan noruda materiallar noqonuniy qazilishi oqibatida tabiiy obyektlarga 105 milliard 521 million 903 ming soʻm zarar yetkazilgan.

Joriy etilgan moratoriyga rioya qilmaslik bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻriladi.