Afg‘oniston muvaqqat hukumati Toshkentga tashrif buyurdi

Afg‘oniston muvaqqat hukumati Toshkentga tashrif buyurdi

23.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

photo_2025-02-23_12-50-31

 

Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbarining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Barodar boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi. 
 
 Tolibon hukumatining bunday yuqori darajadagi vakillari Toshkentga ilk marta tashrif buyurmoqda. Asosiy mavzu - savdo-sotiq, investitsiya. Xabarda aytilishicha, Afg‘onistonning Jo‘zjon viloyatidagi Tutimaydon gaz konini o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ijobiy qadamlar tashlangan. 
 
Eslatib o'tamiz,o‘tgan yili avgust oyida Bosh vazir Abdulla Aripov Afg‘onistonga tashrif buyurgan edi.