Xitoylik investorlar Navoiy viloyatida

Xitoylik investorlar Navoiy viloyatida

25.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xitoy Xalq Respublikasining “Shanghai Xiaozhuang Technology” kompaniyasi rahbariyati bilan istiqbolli loyihalar xususida muzokara olib bordi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Navoiyxitoy

Foto: xs.uz

Uchrashuvda viloyat hokimining 2024-yilning 30-noyabr — 5-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifida erishilgan kelishuvlarning keyingi bosqichi yuzasidan rejalar toʻgʻrisida fikr almashildi.

— Navoiy viloyatida kimyo, qurilish materiallari, farmatsevtika, toʻqimachilik va boshqa sanoat sohalarida yangi loyihalarni birgalikda ishga tushirish, xususan, viloyatda Xitoy investorlari ishtirokida yangi sanoat zonasi tashkil etish masalalari muhokama etildi, — deydi viloyat hokimi oʻrinbosari Elbek Gʻafforov. — Shuningdek, Navoiy shahrida zamonaviy turarjoy majmuasi qurish, viloyatdagi infratuzilma loyihalariga (issiqlik tizimi, yoʻl qurilishi) xitoylik sarmoyadorlarni jalb qilish, viloyatning choʻl hududlarini Xitoy tajribasi asosida yashil makonga aylantirish hamda choʻllanishning oldini olish maqsadida hamkorlik qilish masalalari boʻyicha ham tomonlar kelishuvlarga erishdi.

Uchrashuvda kompaniya tomonidan Navoiy viloyatida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan yana bir qator loyihalar ham muhokama qilindi.