Joriy yilning 24-fevral kuni Qiziltepa tumani Toshrabot qo‘rg‘oni "Qal’ai Azizon" MFY hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-63 avtomobil yo‘lining 68-69-kilometrlar oralig‘ida haydovchi N.U. boshqaruvida bo‘lgan “Malibu” rusumli avtomashinasida ichki ko‘chadan harkatlanib chiqayotib birinchi darajali yo‘ldan harkatlanib kelayotgan haydovchi N.D. boshqaruvida bo‘lgan "Neksiya-3" rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib, YTH sodir qilgan.
Buning natijasida yo‘lning chekka qismida turgan “Damas”, “Neksiya-3” hamda “Lasetti” rusumli avtomashinalarga yuqorida o'zaro to‘qnashgan avtomashinalar kelib urilishi oqibatida mazkur YTHda zarar ko‘rgan transport vositalari soni jami 5 tani tashkil qilgan.
Viloyati YHXB tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida ushbu YTH natijasida biror bir fuqaro tan jarohati olmagan.
Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tuman IIB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.