O‘zbekistonlik sportchi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo va jahon rekordini ham oʻrnatdi

O‘zbekistonlik sportchi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo va jahon rekordini ham oʻrnatdi

27.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Malayziyada velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda sportchilarimiz yuqori natijalarni qayd etib, 3 ta oltin va 5 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

photo_2025-02-27_10-46-40

Foto: t.me/OlympicUz/36213

Qayd etish joiz, hamyurtimiz Samira Ismoilova mazkur musobaqa kashfiyotlaridan biriga aylandi. Ismoilova turnir davomida 2 ta oltin va 2 ta bronza medallariga ega chiqish barobarida yakkalik taʼqib poygasi dasturidagi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo va jahon rekordini ham oʻrnatdi. Sportchimiz 3000 metr masofani 3:46.800 daqiqada bosib oʻtgan. Gʻolib va sovrindorlar:

 Oltin medal:
Kattalar: Dmitriy Bocharov, skretch
Yoshlar: Samira Ismoilova, omnium
Yoshlar: Samira Ismoilova, yakkalik taʼqib poygasi (Osiyo va jahon rekordi)

Bronza medal:
Yoshlar: Samira Ismoilova, ochkolar uchun guruh poygasi
Yoshlar: Samira Ismoilova va Nadejda Barteneva, juftlik medison
Kattalar: Asal Rizayeva va Nafosat Koziyeva, juftlik medison
Kattalar: Nafosat Koziyeva, omnium
Kattalar: Nafosat Koziyeva, ochkolar uchun guruh poygasi.