O‘zbekistonda ov mavsumi yopiladi

O‘zbekistonda ov mavsumi yopiladi

27.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 627-sonli Qonuniga muvofiq, joriy yilning 1-martidan 15-avgustga qadar ov mavsumi yopiladi. Bu vaqtda yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash qat'iy taqiqlanadi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar qildi.

f3b54280-c11d-06a3-5e3d-25e9df551d32_lists_slider_37926

Qayd etilishicha, ov qoidalarini buzish, xususan, taqiqlangan davrda ov qilish qonunchilikka ko‘ra qat'iy javobgarlikka sabab bo‘ladi. 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi yurtdoshlarimizdan ov mavsumi tugagan davrda tabiatga yanada ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlarini so‘raydi. 

"Noqonuniy ov bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz, vazirlikning 1157, 1207, (71) 207-11-07 va (71) 207-11-08 telefon raqamlari, ecogovuz_bot telegram boti orqali yoki tegishli hududiy boshqarmalarga murojaat qiling!" deyiladi vazirlik xabarida.