Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

27.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar M.Sh. va O.N. fuqaro S.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan 850 quti tamaki mahsulotini 69,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

photo_2025-02-25_11-18-35

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.