Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida oʻqiladigan taroveh namozi vaqtlari eʼlon qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: xs.uz
Maʼlum qilinishicha, bugun xufton namozidan soʻng Oʻzbekistondagi masjidlarda taroveh namozi boshlanadi.
Mamlakatimizning 14 ta hududidagi masjidlarda taroveh namozining boshlanish vaqtlari quyidagicha:
- Fargʻona – 20:20;
- Namangan – 20:20;
- Andijon – 20:20;
- Toshkent viloyati – 20:30;
- Toshkent shahri – 20:30;
- Sirdaryo – 20:30;
- Jizzax – 20:30;
- Samarqand – 20:30;
- Qashqadaryo – 20:40;
- Surxondaryo – 20:40;
- Navoiy – 20:40;
- Buxoro – 20:40;
- Xorazm – 21:00;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 21:10.
Avvalroq, 2025-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1-mart kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axboroti maʼlum qilingan edi.