Statistika agentligi 2024-yil davomida viloyatlar kesimidagi eng koʻp ishlab chiqarilgan mahsulotlarni e'lon qildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Fargʻona viloyatida eng koʻp donli ekinlar (998,5 ming tonna), Surxondaryoda poliz ekinlari (351,5 ming tonna), Toshkent viloyatida 1 608,1 million dona tuxum olingan. Qashqadaryo viloyatida esa eng koʻp tirik vazndagi goʻsht yetishtirilgan (345,9 ming tonna).
Andijonda 1 833,7 ming tonna sabzavot, 699,9 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.
Samarqandda 666,1 ming tonna uzum, 1 456,0 ming tonna sut va 747,6 ming tonna kartoshka yetishtirilgan. Viloyatda 1 765,8 ming bosh yirik shoxli qoramol ham bor.