Samarqandda O‘zbekiston va Eron ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

Samarqandda O‘zbekiston va Eron ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

28.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev amaliy safar bilan yurtimizga kelgan Eronning Razaviy Xuroson viloyati hokimi G'ulom Hussain Muzaffari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

1740730269249_20jpg

Foto: "Dunyo AA"

Uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar hamda turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Shuningdek, bo'lajak qo'shma tadbirlar rejasi ko'rib chiqildi.

Uchrashuv doirasida Samarqand viloyati va Razaviy Xuroson viloyati tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum tashkil etildi.

Forumda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Eronning Razaviy Xuroson viloyati hokimi G'ulom Hussain Muzaffari so'zga chiqib, mazkur tadbirlar mamlakatlarimiz o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda yana bir muhim qadam bo'lishini ta'kidladilar.

Forum yakunida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek, tadbir doirasida Eron va Samarqand viloyatidagi kompaniyalar vakillari ishtirokida B2B formatdagi uchrashuvlar ham o'tkazildi.