Xususiy maktablarda tahsil olayotganlar soni soʻnggi 7 yilda 8,1 barobarga yoki qariyb 100 ming nafarga oshgan. Bu haqda Statistika agentligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: xs.uz
Qayd etilishicha, ushbu koʻrsatkich 2018/2019 oʻquv yili boshiga nisbatan 8,1 barobarga yoki 98 324 nafarga koʻpaygan.
Respublikada hozirgi kunda 455 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari faoliyat yuritayotgan boʻlib, ularda jami 112 093 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.
Xususiy maktablarda tahsil olayotgan oʻquvchilar soni yillar kesimida quyidagicha hisoblangan:
- 2018/2019 oʻquv yili boshiga – 13 769 nafar;
- 2019/2020 oʻquv yili boshiga – 21 042 nafar;
- 2020/2021 oʻquv yili boshiga – 26 970 nafar;
- 2021/2022 oʻquv yili boshiga – 30 553 nafar;
- 2022/2023 oʻquv yili boshiga – 45 927 nafar;
- 2023/2024 oʻquv yili boshiga – 64 010 nafar;
- 2024/2025 oʻquv yili boshiga – 112 093 nafar.