Qozogʻistonning Mangʻistov viloyatidagi xonadonda 7 nafar Oʻzbekiston fuqarosi is gazidan vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 2-mart kuni Moʻynoli tumani Basquduq qishlogʻidagi xususiy uylardan birida sodir boʻlgan. Yordamga yetib kelgan qutqaruvchilar va tez tibbiy yordam brigadalari voqea joyida yetti kishi barchasi vafot etganini aniqlagan, ulardan besh nafari voyaga yetmaganlar boʻlgan.
Qurbonlarning barchasi Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib, ular Qozogʻistonda vaqtincha istiqomat qilgan.
Mangʻistov viloyati FVBning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, hodisa gaz uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida yuz bergan.
Hozirda vaziyat viloyat hokimining shaxsiy nazoratiga olingan va favqulodda hodisa sabablarini tekshirish uchun maxsus komissiya tuzilgan.
“Halok boʻlgan oilaning yaqinlariga har tomonlama yordam koʻrsatiladi, jumladan, dafn marosimi oʻtkaziladi”, deyiladi hokimlik xabarida.