Toshkent viloyatining, Yangiyo‘l shahar tumanlararo perinatal markazida vazni 7 kilogramm 3 gramm bo‘lgan qiz bola chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Ona kesarcha kesish orqali tug‘dirilgan, bu uning to‘rtinchi farzandidir.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida.
Eslatib o‘tamiz, bunday holat o‘tgan yilning noyabr oyida ham Nurafshonda kuzatilgan bo‘lib, sal kam 7 kg.lik vazndagi o‘g‘il bola chaqaloq tug‘ilgan edi.
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati