Ichki ishlar vazirligida yangi tayinlov

Ichki ishlar vazirligida yangi tayinlov

03.03.2025 00:00 O'zbekiston 9

photo_2025-03-03_12-28-26-1024x683

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallab kelgan Aziz Anvarovich Toshpo‘latov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.

Aziz Toshpo‘latov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.

Aziz Toshpo‘latov Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan, Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan.

 O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 14 yanvar kunidagi 6137-sonli farmoni bilan Aziz Toshpo‘latovga "general-mayor" maxsus unvoni berilgan.