Stranja-2025: Bokschilarimizda 8 ta medal!

Stranja-2025: Bokschilarimizda 8 ta medal!

03.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

Bolgariya poytaxtida boks boʻyicha “Stranja” xalqaro turniri oʻz yakuniga yetdi. Unda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 8 ta medal qoʻlga kiritishga erishdi.

photo_2025-03-03_09-39-35

Foto: t.me/OlympicUz/36345

Bu bilan yigitlarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladilar.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasining xabar berishicha, gʻolib va sovrindorlar quyidagicha ko‘rinish olgan:

🥇 Oltin medal:
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Xoʻjanazar Nortojiyev
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev
-92 kg: Toʻrabek Habibullayev
+92 kg: Jahongir Zokirov

🥈 Kumush medal:
-48 kg: Behruz Xoldorov

🥉 Bronza medal:
-51 kg: Asilbek Jalilov
-75 kg: Javohir Ummataliyev