Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Mirzayev Azamat Egamberdiyevich Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: Bosh prokuratura
Qayd etilishicha, Mirzayev mazkur tayinlovga qadar Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Maʼlumot uchun, 2023-yilning avgust oyidan 2024-yilning sentyabriga qadar Sirojiddin Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori boʻlib ishlab kelgan. U Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari lavozimini egallaganidan keyin, soʻnggi yarim yil mobaynida viloyat prokurori lavozimi boʻsh qolayotgan edi.