Bayram kunlari “Afrosiyob" elektropoyezdi qoʻshimcha qatnovni amalga oshiradi.

Bayram kunlari “Afrosiyob" elektropoyezdi qoʻshimcha qatnovni amalga oshiradi.

05.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

Respublikamizda "Navro'z" va Ramazon Hayiti munosabatlari bilan bayram oldi va bayram kunlari yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yuqori tezlikda harakatlanuvchi 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida qatnovchi "Afrosiyob" elektropoyezdi qoʻshimcha qatnovni amalga oshiradi. Bu haqida "Temiryoʻlekspress” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2024-07-29_17-43-11

Xususan, joriy yilning 20, 21, 22, 23, 24, 25, 29, 30, 31-mart va 1-aprel kunlari qo'shimcha qatnovni amalga oshiradi va quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi:

Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi:

Toshkent 13:56 — Samarqand 16:14