Favqulodda vaziyatlar vaziriga ikki nafar oʻrinbosar tayinlandi.

Favqulodda vaziyatlar vaziriga ikki nafar oʻrinbosar tayinlandi.

05.03.2025 00:00 O'zbekiston 8

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Favqulodda vaziyatlar vaziriga ikki nafar oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

db347832f70739cc96da4d965e880ebb0304

Foto: xs.uz

Qayd etilishicha, Sotiyev Xurshid Toʻlqinboyevich Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari — Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan.

Maʼlumot uchun, Sotiyev Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan boʻlib, mazkur tayinlovga qadar FVV Shtab boshligʻining oʻrinbosari – qutqaruv kuchlarining xizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan tashqari, Qodirov Nuriddin Bahriddinovich Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan.

Qodirov ushbu tayinlovga qadar Markaziy harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. U faoliyati davomida Mudofaa vazirligi tizimida turli lavozimlarda xizmat olib borgan.