Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 2,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya”ga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
Qayd etilishicha, oʻtkazilgan nazorat tadbirida Guliston shahrida joylashgan “S.J.” MChJning quvvati 176 kVt boʻlgan elektr qurilmalari ulangan elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik ortidan elektr taʼminoti korxonasiga 2 mlrd 130 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.