Futbol bo‘yicha Ovropa ligasi doirasida "Roma" - "Atletik Bilbao" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. E'tiborli jihati unda O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov zahiradan maydonga tushdi va so‘nggi daqiqalarda jamoasiga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
"Roma" — "Atletik Bilbao" 2:1
Gollar: Anxelino (56), Shomurodov (90+4) — I.Uilyams (50).
"Roma" — Svilar, Chelik, Manchini, Ndika, Rench (Salemakers, 60), Pisilli (Kone, 77), Kristante, Anxelino, Dibala (Sule, 71), Baldanzi (El Shaaravi, 60), Dovbik (Shomurodov, 71).
"Atletik" — Agirresabala, De Markos, Vivian, Alvares, Berchiche, de Galarreta, Xauregisar (Prados, 64), Niko Uilyams (Berenger, 77), Gomes (Vesga, 77), Inyaki Uilyams, Sannadi (Guruseta, 64).
Ogohlantirishlar: Alvares (14), Xauregisar (34), Sannadi (39), Shomurodov (72).
Chetlatish: Alvares (86).