Malayziya kompaniyasi O'zbekistonda quyosh elektr stansiyalarini qurish loyihalariga sarmoya kiritadi

Malayziya kompaniyasi O'zbekistonda quyosh elektr stansiyalarini qurish loyihalariga sarmoya kiritadi

09.03.2025 00:00 O'zbekiston 7

quyosh paneli

O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Sunview Group" kompaniyasi bosh direktori Ong Xang Ping bilan uchrashuv o'tkazdi

Muloqot paytida O'zbekistonda qayta tiklanuvchi elektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Ong Xang Ping Farg'ona viloyatida quvvati 200 mVt bo'lgan quyosh elektr stansiyasini qurish loyihasini joriy yil yakuniga qadar ishga tushirishga tayyorligini ma'lum qildi.

Andijon viloyatida quvvati 400 mVt bo'lgan quyosh elektr stansiyasini qurish uchun munosib yer maydonlarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur loyihalar bo'yicha ishlarni boshlash uchun kompaniyaning ikki nafar mutaxassisi O'zbekistonda uzoq muddatli xizmat safarida bo'lib turibdi.

Kompaniya raisi kelgusida Yangi Toshkent shahri hududida barpo etilayotgan yirik binolarning tom qismlariga o'rta quvvatli quyosh panellarni o'rnatish va Qashqadaryo viloyatida suv nasos stansiyalarini qayta tiklanuvchi elektr manbalari bilan ta'minlash loyihalarini amalga oshirishda o'zbek tomoni bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

"Sunview Group" kompaniyasi 2013-yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning faoliyat turi qayta tiklanuvchi energetika sohasida qurilish bo'yicha loyihalash, qurilish, ishga tushirish va texnik ta'minot yechimlarini taklif etishdan iborat. Kompaniya faoliyati davomida Malayziyada jami quvvati 500 MVt dan ortiq quyosh fotoelektrik stansiyalarini ishga tushirgan.