Gimnastika afsonasi Oksana Chusovitina Boku shahri (Ozarbayjon) mezbonlik qilayotgan Jahon kubogida final yoʻllanmasiga ega chiqqani haqida ma’lumot berilgandi.
Hal qiluvchi bosqichda faxrimiz tayanib sakrash dasturida eng yuqori natija qayd etib, oltin medalga sazovor boʻldi. Chusovitinaning chiqishi hakamlar tomonidan 13.516 ball bilan baholandi.