Buxoroda 430 tonna Ai-80 benzinini ulgurji sotib yuborgan AYQSh aniqlandi

Buxoroda 430 tonna Ai-80 benzinini ulgurji sotib yuborgan AYQSh aniqlandi

10.03.2025 00:00 O'zbekiston 6

Buxoro viloyatida 430,7 tonna Ai-80 markali avtobenzinni noqonuniy ravishda ulgurji sotib yuborgan MChJ aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi. 

Qayd etilshicha, “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Kogon tumani “O‘ba cho‘li” MFYda joylashgan “N.P.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasida neft mahsulotlarini sotuvga chiqarilishi bo‘yicha noqonuniy holat aniqlangan.

photo_2025-03-10_10-20-05

Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”

Xususan, “N.P.” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasi ish faoliyatida bo‘lmasada, “Buxoro neft bazasi” MChJdan jami 430,7 tonna (3,7 mlrd so‘mlik) AI-80 markali avtobenzinni shaxobcha sig‘imlariga tushirilmasdan avtotsisterna orqali ulgurji sotib yuborilganligi ma'lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.