Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11-13-mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif doirasida Parij shahrida oliy darajadagi muzokara va tadbirlar, Fransiyaning rasmiy va ishbilarmon doiralari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, Fransiyaning yetakchi kompaniya va korxonalari bilan kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga ustuvor e’tibor qaratiladi.
Sammit yakunida hukumatlararo va idoralararo bitimlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, prezident YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni joriy yilning kuzida Samarqand shahrida o‘tkazishning amaliy jihatlarini muhokama qiladi.