Qashqadaryodagi “zapravka”da yongʻin yuz berdi. Jarohatlanganlar bor

Qashqadaryodagi “zapravka”da yongʻin yuz berdi. Jarohatlanganlar bor

11.03.2025 00:00 O'zbekiston 6

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi yonilgʻi quyish shoxobchasida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

fb37607a637090a747a5191f42e290360311

Foto: FVV

Qayd etilishicha, bugun, 10-mart kuni Kasbi tumani “Doʻstlik” MFY hududidagi shoxobcha hovlisida 2 ta 9 tonnali sigʻim yongan. Voqea joyiga 4 ta yongʻin qutqaruv boʻlinmasi soat 22:04 da yetib borib, 22:33 da yongʻinni toʻliq oʻchirgan.

Hodisa oqibatida 2 kishi kuyish jarohatini olgan.

«Jarohatlangan fuqarolarning ahvoli yaxshi, halok boʻlgan yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda«, deyiladi xabarda.