Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi, DXX va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.R.ning (muqaddam sudlangan) vaqtincha yashash xonadoni va avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda sotish uchun mo‘ljallangan turli nomdagi umumiy bahosi 89,4 mln so‘mlik 633 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Mirobod tumani bo‘limi va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.A.ning xonadonidan umumiy bahosi 57,3 mln so‘mlik 2 905 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.