“Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob" poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

“Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob" poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

11.03.2025 00:00 O'zbekiston 7

Navro‘z va Ramazon hayiti bayramlari munosabati bilan “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

photo_2024-07-29_17-43-11

Qayd etilishicha, qo‘shimcha qatnovlar 20, 25, 31-mart va 1-aprel kunlari amalga oshiriladi.

Qatnov jadvali quyidagicha:

778-sonli “Toshkent — Buxoro” yo‘nalishi

Toshkent 06:03 — Buxoro 10:14

777-sonli “Buxoro — Toshkent” yo‘nalishi

Buxoro 17:55 — Toshkent 22:08.