Dunyo terrorizm tahdidi bo‘lgan mamlakatlar reytingi e‘lon qilindi

Dunyo terrorizm tahdidi bo‘lgan mamlakatlar reytingi e‘lon qilindi

12.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

armiya

2025 yilgi «Global terrorizm indeksi»da O‘zbekiston 90-o‘rinni egalladi.

Iqtisodiyot va Tinchlik instituti (IEP) 2025 yilgi «Global terrorizm indeksi»ni e’lon qildi, unda O‘zbekiston 0,233 ball bilan 90-o‘rinni egalladi va «terrorizm tahdidi past bo‘lgan» mamlakatlar qatoriga kirdi.

«Global terrorizm indeksi» dunyo aholisining 99,7 foizini qamrab olgan va terrorizmning 163 davlatga ta’sirini tahlil qiluvchi keng qamrovli tadqiqotdir

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmaniston (100-o‘rin va 0 ball) terrorizm tahdidi eng past bo‘lgan davlatlar sifatida tan olindi. Tojikiston 70-o‘rinni (0,999 ball) egalladi.

Reytingning yuqori pog‘onalarini terrorchilik harakati va tahdidi eng yuqori bo‘lgan davlatlar egallagan. Mutaxassislar bu borada eng xavfli deb Burkina-Faso, Pokiston va Suriyani qayd etdi.