Toshkent viloyati hududidan oʻtuvchi yoʻlda yuk tashuvchi transport vositasida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 11-mart kuni soat 18:40 da Toshkent-Vodiy A-373 avtomobil yoʻlining 91 kilometrida harakatlanib ketayotgan yuk tashuvchi transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.
Yongʻin oʻchirish ekipaji voqea joyiga soat 18:50 da yetib borib, 19:07 da alangani toʻliq oʻchirgan.
“Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok boʻlganlar yoʻq”, deyiladi xabarda.
FVBga koʻra, hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.