Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

12.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.J.ning avtomashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yuk xonasida xorijda ishlab chiqarilgan 5 000 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Namangan shahridagi “Sardoba bozori”ga sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

photo_2025-03-10_11-57-21

Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chinoz tumani hududida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan S.A. chet elda ishlab chiqarilgan jami 1 400 quti “ESSE CHANGE” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini fuqaro B.U.ga 38,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida yana 638 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “G.N.” MCHJga qarashli savdo do‘konidan umumiy bahosi 72,6 mln so‘mlik jami 970 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.