O‘zbekiston Prezidenti Faxriy legion ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekiston Prezidenti Faxriy legion ordeni bilan mukofotlandi

13.03.2025 00:00 O'zbekiston 6

Tashrif doirasida Parij shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Fransiya Respublikasining oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

52ef6271-2093-bc4d-d289-958843832b6b_lists_slider_7940

Davlatimiz rahbariga yuksak mukofotni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tantanali ravishda topshirdi.

O‘zbekiston Prezidenti ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu ordenga sazovor bo‘ldi.

Mamlakatimiz yetakchisi mukofot uchun Fransiya rahbariga samimiy minnatdorlik bildirib, keyingi yillarda sermahsul hamkorlikda yuksak natijalarga erishilgani, ikki mamlakat munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Faxriy legion ordeni 1802-yilda ta’sis etilgan. Fransiyada ushbu orden alohida xizmatlarning davlat darajasida e’tirof etilishi va shon-sharafning eng yuqori belgisi hisoblanadi.