Fargʻonadagi uylardan birida yongʻin yuz berdi. Jarohatlanganlar bor

Fargʻonadagi uylardan birida yongʻin yuz berdi. Jarohatlanganlar bor

13.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi uylardan birida yongʻin yuz berdi. Bu haqda viloyat FVBga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

fe8585ebcb56d5daa83825079bff026e0312 (1)

Foto: FVV

Bildirilishicha, 12-mart kuni soat 12:58 da Qoʻqon shahar “Mustaqillik” MFYda joylashgan koʻp qavatli uyning xonadonlaridan birida yongʻin sodir boʻlgani yuzasidan xabar kelib tushgan.

Shunga asosan, yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 13:04 da yetib borib, 13:06 da yongʻinni qurshab olgan va 13:10 da batamom oʻchirgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Bundan tashqari, bugun Toshkent shahrida ham yuqoridagi kabi baxtsiz hodisa qayd etilgan. Poytaxt FVB axborot xizmatining xabar berishicha, 12-mart kuni soat 17:42 da Yakkasaroy tumani Qushbegi dahasida joylashgan koʻp qavatli uylarning biridagi xonadonda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 17:48 da yetib borib, 17:57 da alangani toʻliq oʻchirgan.

“Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq”, deyiladi xabarda.