Dam olish kunlari harorat 27 darajagacha koʻtariladi

Dam olish kunlari harorat 27 darajagacha koʻtariladi

14.03.2025 00:00 O'zbekiston 6

“Oʻzgidromet” 15-17-mart, dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

HMObC3PwqiHf7S6e4o86SYjEjPC9ylieNC4EPZN6_square_desktop

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-martda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq; 16-mart kuni kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq; 17-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-16-martda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 17-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-16-martda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq, 17-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-16-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 17-mart kuni kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 15-martda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 16-17-martda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-mart kuni kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq; 16-martda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq; 17-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, 15-martda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 16-17-mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.