Samarqandda triatlon va paratriatlon bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi

Samarqandda triatlon va paratriatlon bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi

17.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

triatlon,velosiped

2025 yil 24-25 may kunlari Samarqandda butun dunyodan eng kuchli, elita sportchilari ishtirok etadigan triatlon va paratriatlon bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi.

Samarqand 20 dan ortiq davlatdan kelgan ishtirokchilarni qabul qiladi va poyga davomida sportchilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi. 

Musobaqa g‘oliblari keyingi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun reyting ochkolarini qo‘lga kiritishda katta ustunlikka ega bo‘ladilar.

Triatlon bo‘yicha Jahon kubogi doirasida sportchilar standart masofada bellashadilar:

—  Suzish - 1,5 km;

—  velosiped bosqichi - 40 km;

—  yugurish bosqichi - 10 km.

Triatlon bo‘yicha Jahon Para Kubogida turli toifadagi para-sportchilar ishtirok etadilar:

—  jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar (PTS2-3-4-5); 

—  nogironlar aravachasidagi sportchilar (PTWC);

ko‘rish qobiliyati zaif sportchilar o‘zlarining gidlari (PTVI) bilan Super Sprint masofasida:

—  Suzish - 750 m;

—  velosiped bosqichi - 19 km;

—  yugurish bosqichi - 5 km.

Standart masofada AGE guruhi toifasidagi sportchilar ham ishtirok etadilar.